Soʻngra ushbu kanallarda joylashtirilgan xalqaro terroristik tashkilotlar va diniy ekstremistik oqimlarning gʻoyaviy rahnamolari boʻlgan Sodiq Samarqandiy, Abu Saloh, Abdulloh Zufar va boshqalarning “jihod”ga chorlovchi maʼruzalarini hamda “Turkiston islom harakati” terroristik tashkilotiga tegishli audio-videomateriallarni yuklab oladi. Shuningdek, ularni Qoʻqon shahrida yashovchi tanishlariga ham tarqatadi.
Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan oʻtkazilgan tezkor tadbirda mazkur shaxs qoʻlga olinib, uning mobil telefoni protsessual tartibda rasmiylashtirib olindi.
Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmitaning ekspertiza xulosasiga koʻra, “R.Sh.”ning telefon apparati xotirasida saqlangan materiallar aqidaparastlik gʻoyalari bilan yoʻgʻrilgan boʻlib, ularni Oʻzbekiston Respublikasi hududiga olib kirish, tayyorlash va tarqatish taqiqlanadi.
Hozirda mazkur shaxsga nisbatan qoʻzgʻatilgan jinoyat ishi doirasida uning maslakdoshlarini aniqlash boʻyicha ham tegishli chora-tadbirlar koʻrilmoqda.