“Fargʻona” kichik sanoat zonasida elektromobillarni yigʻish yoʻlga qoʻyilishi kutilmoqda.
Loyihani Central Asia Ceramic (keramik mahsulot, santexnika ishlab chiqaruvchi) kompaniyasi tomonidan amalga oshirilishi rejalashtirilgan. 520 mlrd soʻm qiymatga ega obyektning ishga tushirilish vaqti 2021-yilning noyabr oyiga belgilangan. Ishlab chiqarish quvvati yiliga 30 ming dona avtomobilga teng boʻladi, 350 ta yangi ish oʻrni yaratiladi.