DXXning ma’lum qilishicha, muhandis O‘zbekiston tumanida yashovchi 1962-yilda tug‘ilgan fuqaroga tegishli xonadon va xususiy bog‘chada elektr energiyasidan noqonuniy foydalanilgani bo‘yicha rasmiylashtirilgan dalolatnoma asosida hisoblangan 1,8 milliard so‘m jarimani kamaytirib berishni taklif qilgan. U jarima summasini 210 million so‘mga tushirib berish evaziga 10 ming AQSh dollari talab qilgan.

Davlat xavfsizlik xizmati va Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbir davomida muhandis talab qilingan puldan 9 ming AQSh dollarini uchinchi shaxs orqali olgan vaqtida qo‘lga olindi.

Hozirda unga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, «qamoq» ehtiyot chorasi qo‘llanilgan. Tergov harakatlari olib borilmoqda.