OʻzLiDeP Quva tuman Kengashidagi “Roxatoy” fermer xoʻjaligi qoshida tashkil etilgan boshlangʻich partiya tashkiloti raisi A.Teshaboyev tumandagi 50-umumtaʼlim maktabida oʻquvchi-yoshlar bilan uchrashdi.
Deputat bu gal maktabga faol oʻquvchilarni mukofotlash uchun tashrif buyurdi. A.Teshaboyev mazkur maktabning 2-choragini aʼlo baholarga yakunlagan 30 nafar oʻquvchilarga 50 ming soʻmdan pul mukofotini topshirdi.
OʻzLiDeP Quva tuman Kengashi apparat rahbari Ziyodaxon Rahmonovaning taʼkidlashicha, bu anʼana har yili davom etib, OʻzLiDeP deputatlari tumandagi boshqa maktablarda ham faol oʻquvchilarni ragʻbatlantirishni davom etadilar.
Bundan tashqari, OʻzLiDePdan saylangan Dangʻara tuman Kengashi deputati Ikromjon Ergashev tumandagi 2-maktabda boʻlib, oʻquvchilar bilan suhbatlashdi.
Deputat yoshlar bilan suhbat davomida yurtimizda yoshlar kamoloti yoʻlida amalga oshirilayotgan islohotlar haqida oʻz fikrlarini bildirib, ularni yaxshi oʻqishga chaqirdi.
Tadbir yakunida fan olimpiadalari va sport musobaqalarida faxrli oʻrinlarni egallagan oʻquvchilarga deputat oʻz esdalik sovgʻalarini topshirdi.
Sh.TOʻXTAMATOV,
OʻzLiDeP Fargʻona viloyati kengashi matbuot kotibi.