Ehtiyotsizlik oqibatida qoʻli avtomat tepkisiga tegib, quroldan ikki dona oʻq otiladi va A.Rahimov hayoti uchun xavfli boʻlgan jarohatlar yetkazadi.
Bu haqda Jinoyat ishlari boʻyicha Quva tumani sudining raisi Zafarjon Omonov maʼlum qildi.
Taʼkidlanishicha, mazkur holat boʻyicha jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, tergov harakatlari olib borildi va M.Gʻofforov Jinoyat kodeksining tegishli moddalari bilan ayblanib, jinoyat ishi sudga yuborildi.
Sudda ham M.Gʻofforovning ehtiyotsizlik oqibatida sodir etgan jinoiy qilmishi tasdigʻini topdi va u sud hukmi bilan tegishli jazoga tortildi hamda ichki ishlar tizimida ishlash huquqidan ham mahrum etildi.