Uchrashuvda Jahon banki mablagʻlari hisobidan Fargʻonada quriladigan va zamon talablari darajasida jihozlanadigan koʻp tarmoqli tibbiyot markazi qurilishi jarayonlari muhokama qilindi.
Fayzullo Qosimov mehmonlarga tashrif uchun minnatdorchilik bildirilib, Fargʻona viloyati, haqida, viloyatning xorijiy davlatlar bilan aloqalari, investitsion salohiyati hamda tibbiyot sohasida erishilgan yutuqlari toʻgʻrisida batafsil maʼlumot berdi.
Muloqot chogʻida barpo etilishi koʻzda tutilgan tibbiyot markazi uchun ajratilgan joy, unga kommunikatsiya tarmoqlarining tortilishi, hamkorlikdagi chora-tadbirlar haqida soʻz bordi. Yakunda oldinda turgan rejalar kelishib olindi.
— Respublika Sogʻliqni saqlash vazirligining roziligi va Moliya vazirligining kelishuvi bilan Jahon banki hisobidan viloyatimizda koʻp tarmoqli tibbiyot markazini qurish rejalashtirilgan. Yangi loyiha Fargʻona shahrida amalga oshiriladi. Eng ilgʻor tibbiy jihozlar bilan taʼminlangan markaz barpo etiladi. Xalqimiz salomatligini mustahkamlash yoʻlida yana bir qadam tashlanmoqda, - dedi uchrashuvda ishtirok etgan viloyat sogʻliqni saqlash boshqarmasi boshligʻi Husan Mamajonov.