Yangi shahar farg'onalikilar hayot tarziga o'ziga xos yangilik va imkonyatlar olib kirishi bilan e'tiborni tortadi.  Umumiy maydoni 300 gektar bo'lgan shaharda 40 ming nafar aholi uchun turar-joy va boshqa xizmat ko'rsatish maskanlari qad rostlaydi.

— Bugun Farg'ona viloyati hayotida tarixiy kun, — deydi viloyat hokimi. — Katta maqsadlar va yuksak marralarni ko'zlagan holda ko'p qavatli uylar qurilishiga kirishilmoqda. Birinchi bosqichda 80 ta ko'p qavatli uylarni bunyod etishni rejalashtiryapmiz. Ikki yilda ekoshahar qurilishini yakunlamoqchimiz. Bu yerdagi har bir ishning o'z egasi bor. Tasavvur qiling ikki yilda mana shu 300 gektarlik dasht maydon o'rnida ko'p qavatli uy-joylar, “Yangi O'zbekiston” bog'i, maktab, poliklinika, qo'yingki, barcha infratuzilmaga ega shaharcha paydo bo'ladi. Qolaversa, loyiha oddiy emas. Prezidentimizning topshirig'i asosida Janubiy Koreya tajribasi asosida bu shaharchaning loyihasini ishlab chiqdik. 7, 9, 12, 25-qavatli uylarning narxini aholiga maqbul keladigan qilib belgilyapmiz. Shuningdek, bu yerda barcha infratuzilma yaratiladi.

Marosimda Qur'on tilovat qilinib, yaxshi niyatlar bilan duo-fotihalar qilindi. Shundan so'ng qurilish ishlariga start berildi.

                                Rasuljon Kamolov,

“Yangi O'zbekiston” muxbiri