Farg‘ona viloyati IIB JQB hamda Quvasoy shahar IIB xodimlari tomonidan hamkorlikda o‘tkazilgan tadbir davomida Andijon shahar, Shimoliy kichik dahasida yashovchi U.U ismli shaxsga tegishli “Malibu-2” rusumli avtomashina to‘xtatilib, xolislar ishtirokida ko‘zdan kechirilganida, avtomashinada 953 dona “Tropikamed 1.%” nomli kuchli taʼsir qiluvchi dori vositalari borligi aniqlandi.
Maʼlum bo‘lishicha, aniqlangan dori vositalarini Quvasoy shahrida yashovchi, voyaga yetmagan S.A Qirg‘iziston Respublikasidan kontrabanda yo‘li bilan olib o‘tgani, unga ushbu dori vositalarini O‘sh shahrida yashovchi “N” ismli shaxs yuborgani aniqlangan.
Shuningdek, o‘tkazilgan maxsus tadbir davomida dori vositalarini kelgusida olishi kerak bo‘lgan Andijon viloyati, Asaka shahrida yashovchi M. A hamda X. J. ismli shaxslar ham qo‘lga olindi.