Viloyat, tuman, shahar kadastr idoralari uchun ish sharoitlarini yaxshilash maqsadida butunlay yangi binolar barpo etilib, moddiy texnika bazasi yaxshilandi. Kadrlar saralanib attestatsiyadan oʻtkazildi. Bularning barchasi ezgu maqsadlar uchun amalga oshirildi...

Biroq, attestatsiyadan oʻta olmagan xodimlar shu idoraning boshqa tuman boʻlimlarida ish faoliyatini davom ettirishyapti.

Buning ustiga yirik hamkor tashkilot sifatida koʻriladigan kadastr tizimi Davlat xizmatlari markazlarida tezkor va sifatli xizmat koʻrsatish imidjiga “muddat buzilishi” bilan aholi ongida notoʻgʻri fikrlar shakllanishiga sababchi boʻlib qolyapti. Keling, ushbu fikrlarni asoslashga harakat qilamiz.

Masalan, Fargʻona viloyatida davlat xizmatlari koʻrsatish sohasida yoʻl qoʻyilgan qonun buzilishlar va qoʻllanilgan taʼsir choralar 2018, 2019, 2020-yillar va 2021-yil 1-yarim yillik davrini tahlil qilib koʻramiz.

Xususan, 2018-yilda 20 nafar, 2019-yilda 69 nafar, 2020-yilda

81 nafar, 2021-yil 1-yarim yillikda 50 nafar xodimlari maʼmuriy javobgarlikka tortilgan. Koʻrinib turibdiki, bu son yildan yilga faqat oshib boryapti...

Eng achinarlisi, 2021-yil 2-yarim yillik ish davriga kirishishda, yaʼni iyul-avgust oylari davomida Davlat Kadastrlar palatasi Fargʻona viloyatining tuman (shahar) filiallari tomonidan kadastr pasportini shakllantirish xizmatida 67 ta, Qurilishi tugallangan bino va inshootlarni foydalanishga qabul qilish sohasida 98 ta jami 165 ta qonun buzilishlarga pochin ochib berildi, bu degani 165 nafar fuqarolar murojaatlari oʻz vaqtida bajarilmay, surunkali qonun buzilishlar davom etib kelinyapti.

Farxod Nugmanov,

DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi boʻlim boshligʻi,

3-darajali adliya maslahatchisi.