Bugun, 29-iyul kuni soat 11:39 da Fargʻona viloyati Fargʻona shaxar “Mashʼal” MFY Sayilgoh koʻchasidagi 4 qavvatli binoning yer toʻlasida joylashgan karaoke kafesida yongʻin sodir boʻlayotganligi toʻgʻrisida FVBga xabar tushgan.
Shunga koʻra 6 ta yongʻin-qutqaruv ekipaji 11:44 da voqea joyiga yetib borib, yongʻin soat 11:48 qurshab olingan va soat 11:56 da toʻliq bartaraf etilgan.
Yongʻin sodir boʻlishi oqibatida 6 nafar fuqaro halok boʻlgan, 7 nafar fuqaro turli darajadagi tan jarohatlari bilan shifoxonaga yuborilgan.
Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining topshirigʻiga asosan sodir boʻlgan voqeani oʻrganish va jabrlanganlarga yordam koʻrsatish maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari A.Ramatov boshchiligida Hukumat komissiyasi tuzilgan va Fargʻona viloyatiga joʻnab ketgan.