Xususan, Farg‘ona viloyati Qo‘qon shahrida o‘tkazilgan reyd tadbiri davomida “K.A.” MCHJ rahbari M.A. umumiy foydalanishdagi elektr tarmog‘iga kripto-aktiv va mayning sohasidagi faoliyatni amalga oshirish uchun tijorat maqsadlarida ulanib, 628 426 kVt.soat elektr energiyasi sarflangan holda elektr tarmoqlari korxonasi manfaatlariga 2,8 mlrd. so‘m moddiy zarar yetkazganligi aniqlangan.
Mazkur holat bo‘yicha M.A.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 169-moddasi 4-qismi “a” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, u prosessual tartibda ushlangan.