Fargʻona viloyati sogʻliqni saqlash boshqarmasi axborot xizmati maʼlumoqtiga koʻra, dastlab 65 yoshdan oshgan nuroniylar hamda sogʻliqni saqlash sohasida xodimlari emlanadi. Bu jarayon ikki bosqichda amalga oshirilishi rejalashtirilgan boʻlib, birinchi bosqichda 40 ming hamyurtimiz emlanishi koʻzda tutilgan.
– Koʻngilli ravishda birichilardan boʻlib, virusga qarshi vaksina oldim, – deydi Fargʻona shahrida istiqomat qiluvchi 71 yoshli mehnat faxriysi Avazbek Abdurahmonov. – Bu jarayon sanitariya-gigiyena va xavfsizlik qoidalariga rioya etilgan holda tashkil etilayotgani eʼtiborga loyiq.
Botir Madiyorov,
jurnalist.