Fargʻona viloyat hokimligining Investitsiyalar va tashqi savdo kompleksi Janubiy Koreyaning “Daedong” kompaniyasi bilan dastlab kultivator (motorblok) va keyinchalik traktor, kombaynlar ishlab chiqarishni yoʻlga qoʻyish borasida muzokaralar olib bormoqda.
Ayni kunda “Daedong” kompaniyasida ishlab chiqargan DT100N kultivatori va Janubiy koreyalik mutaxassislar viloyatimiz salohiyatini oʻrganish hamda ushbu loyihaning ahamiyati borasida ichki talabni oʻrganish borasida ish olib bormoqda.
Uchkoʻprik tumanida, karantin qoidalariga amal qilingan holda tashkil etilgan uchrashuvda koreyaliklar Beshariq, Bagʻdod, Furqat, Uchkoʻprik tumanlaridan tashrif buyurgan fermer xoʻjalik rahbarlari, qishloq xoʻjaligi texnikasi savdosi bilan faoliyat yuritadigan tadbirkorlik subyektlari bilan uchrashdi. Undan mazkur texnikalarning imkoniyatlari, ish bajarish strukturasi, qulaliklari namoyish etildi.
Bu turdagi kultivator, yer haydash, pushta olish, dala va bogʻ maydonlarini sugʻorish, dorilash hamda yuk (odam va buyumlar) tashish imkoniyatiga ega.
Koʻp funksiyali kultivator yigʻilganlarda katta taassurot qoldirdi.
R. Kamolov.