Fargʻonada “mahallabay” ishlash tizimi yangi bosqichga olib chiqiladi

    Ijtimoiy hayot 2 Dekabr 2021 1881

    Fargʻona viloyatida “Mahalladan chiqmay turib barcha xizmatlardan foydalanish” tamoyili asosida fuqarolarga davlat xizmatlari taqdim etilishi uchun imkon yaratishga ustuvor ahamiyat qaratilmoqda.

    Mahallalarda yangi taʼsis etilgan hokim yordamchisi lavozimida mehnat qiladiganlarga joriy etilayotgan tizimning tub mohiyatini yetkazish uchun shu yilning 30-noyabridan 4-dekabriga qadar Fargʻona davlat universitetida seminar-treninglar va amaliy mashgʻulotlar boʻlib oʻtmoqda. Ushbu seminar-trening mashgʻulotlarida ishtirok etish uchun masʼul vazirlik, idora, tashkilotlarning tuman va shahar boʻlimlaridan iborat 300 nafarga yaqin hududiy trenerlar tanlab olindi hamda ular birinchi kundanoq mashgʻulotlarga faol kirishdi. Mazkur seminar-treninglar Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, boshqa masʼul vazirlik va idoralar xodimlari, Davlat boshqaruv Akademiyasi, oliy taʼlim muassasalari professor-oʻqituvchilari tomonidan olib borilyapti. Oʻquv, seminar-treninglar 4-dekabrga qadar davom etadi.

    DXA Fargʻona viloyat boshqarmasi

    matbuot xizmati.