“O'zbekiston eksportchilari uyushmasi» hamda mahalliy tadbirkorlar ko'magida Farg'ona viloyatining Oltiariq tumanida «mini eksport bozori» tashkil etildi. U erda qishloq xo'jaligi va meva sabzavot mahsulotlari eksport qilinadi.

eksportchi yoki brokerlar endilikda kunlab vaqt sarflamay kerakli miqdordagi mahsulotlarni bir necha soat mobaynida shu erning o'zida yig'ib olishi mumkin.

3 gektarlik hududda eksportyor, broker hamda bevosita dehqonning o'zi ham ishtirok etadi. YA'ni bog'bon ham bu bozor orqali chet ellik xaridorlar bilan to'g'ridan-to'g'ri oldi-sotdi ishlarini amalga oshirishi mumkin.

                                                                                       Fotima KUCHKAROVA,

O'zbekiston eksportchilari uyushmasi»

matbuot kotibi