Fargʻonada “Nexia 2” 9 yoshli bolani urib ketdi

    Fargʻona viloyatining Margʻilon shahrida “Nexia 2” rusumli transport vositasi haydovchisi velosipedda ketayotgan 9 yoshli bolani urib ketdi.

    Bu haqda viloyat IIB JXX YHXB axborot xizmati xabar berdi.

    Shu yilning 21-sentyabr kuni soat 12:00 lar chamasida Margʻilon shahar “Usmon Nosir” va “Ahmad Yassaviy” koʻchalari kesishmasida harakatlanib kelayotgan “Neksiya 2” rusumli transport vositasi haydovchisi avtomobil yoʻliga chiqib yuborgan velosipedchi 2015-yilda tugʻilgan M.A.ni urib yuborgan.

    Oqibatda M.A tan jarohati olgan va M.Ani uning otasi va haydovchi shifoxonaga olib borgan va birinchi tibbiy yordam koʻrsatilgan.

    Hozirda Margʻilon shahar IIB YHXB tomonidan tergovga qadar tekshiruv harakatlari olib borilmoqda