Maʼlum qilinishicha, hodisa 2026 yil 30 may kuni soat 11:30 atrofida Quva tumanining “Paxtakor” mahallasi hududidan oʻtgan D-105 “Fargʻona halqasi” avtomobil yoʻlining 189-kilometrida yuz bergan.
Dastlabki maʼlumotlarga koʻra, 1977 yilda tugʻilgan
haydovchi boshqaruvidagi Nexia-2 avtomashinasi avtomobillarga gaz toʻldirish
shoxobchasidan chiqib, qarshi harakat yoʻlagiga oʻtgan. Shu vaqt oʻz yoʻnalishida
harakatlanib kelayotgan Onix rusumli avtomobil bilan toʻqnashgan.
Yoʻl-transport hodisasi oqibatida Nexia-2 haydovchisi
olgan tan jarohatlari sabab shifoxonada vafot etgan.
Mazkur holat yuzasidan tegishli idoralar tomonidan
surishtiruv ishlari olib borilmoqda.
Fargʻona viloyati Yoʻl harakati xavfsizligi boshqarmasi
haydovchilardan yoʻl harakati qoidalariga qatʼiy amal qilishni, oʻz hayoti va
boshqalar xavfsizligini xavf ostiga qoʻymaslikni soʻragan.