Fargʻonada oʻzaro janjal oʻlim bilan yakunlandi

    Xavfsizlik 2 Mart 2021 1088

    2021-yilning 27-fevral kuni 32 yoshli Ahror U., Margʻilon shahri “Ariqboʻyi” mahallasida yashovchi 52 yoshli Gʻayrat Yu., bilan janjallashib, uni urib tan jarohati yetkazgan.

    Natijada Gʻayrat Yu., olgan jarohatlari oqibatida shifoxonada vafot etgan.

    Olib borilgan tergovga qadar tekshiruv harakatlari davomida, Gʻayrat Yu., tanishi A.O., bilan birgalikda spirtli ichimlik isteʼmol qilib, mast holatda Gʻayrat Yu.,ning uyiga kelib u yerda janjallashib qolishganliklaridan A.O.,ning oʻgʻli Ahror U. xabar topib otasi bilan yarashtirib qoʻyish maqsadida mast holatdagi Gʻayrat Yu.,ni uyiga kelib uni olib ketmoqchi boʻlgan vaqtida oʻzaro janjallashib qolganliklari aniqlangan.

    Mazkur holat yuzasidan Margʻilon shahar IIB huzuridagi Tergov boʻlimi tomonidan Ahror U.,ga nisbatan Oʻzbekiston Respublikasi Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi “d” bandi (Qasddan badanga ogʻir tan jarohati yetkazish) bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatilib, protsessual tartibda ushlangan.

    Hozirda tergov davom etmoqda.

    Oʻzbekiston Respublikasi IIV huzuridagi Tergov departamenti