Hozirgi kunda o'zini o'zi band qilganlarning soni 166 866 nafarga yetdi. Bu haqida viloyat hokimligi axborot xizmati xabarida yozildi.
Xabaringiz bor, 2020-yil 1-iyuldan boshlab o'zini o'zi ish bilan ta'minlashni xohlovchilar uchun ish staji va pensiya hisoblanishi mumkin bo'lgan, qonuniy bandlikning yangi maqomi — “o'zini o'zi band qilgan shaxs” tartibi joriy etildi. Unga ko'ra, gullar, dekorativ daraxtlar yetishtirish; tomorqa uchastkalarida yer chopish va rekultivatsiya ishlari, sartaroshlik; duradgorlik; milliy non va patirlarni tayyorlash; hamshiralik ishi kabi 72 xil faoliyat turi bilan shug'ullanuvchilar o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'ta boshladi.
Davlat soliq xizmati organlari tomonidan o'zini o'zi band qilgan shaxs sifatida ro'yxatdan o'tish qulayliklari va afzalliklari haqida olib borilgan targ'ibot-tashviqot ishlari hududlarda o'z natijasini bermoqda.











