баннер
7 Apr 2025
11:13

    Fargʻonada qariyb 300 mln soʻmlik elektrdan noqonuniy foydalanib kelgan korxona aniqlandi

    “Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi“ AJ tomonidan hududlarda elektr energiyasidan noqonuniy foydalanishning oldini olishga qaratilgan tezkor tadbirdalar oʻtkazilmoqda.

    Qayd etilishicha, viloyatning Dangʻara tumanida oʻtkazilgan reyd tadbirlari davomida “Chinobod“ mahallasida yashovchi fuqaro S.Nga qarashli chinni buyumlarga ishlov berish korxonasining elektr taʼminoti koʻzdan kechirilganda korxona elektr tarmoqlariga hisoblagichdan tashqari toʻgʻridan toʻgʻri ulangan holda oʻzboshimchalik bilan ulanib, jami 269,6 mln soʻmlik elektr energiyasidan noqonuniy foydalanib kelgani aniqlandi.

    Mazkur qoidabuzarlik yuzasidan mutaxassislar tomonidan tegishli tartibda dalolatnoma rasmiylashtirilib, elektr energiyasi yetkazib berilishi toʻxtatildi.
    Telegram kanalimiz
    Text to speech