Viloyatda aholi gavjum joylar, xususan, bozorlarning kirish qismi va maktablar yaqiniga quyosh batareyalari yordamida ishlaydigan koʻchma svetoforlar oʻrnatish ishlari davom ettirilmoqda.

Mazkur qurilma loyihasi Fargʻona politexnika instituti olimlari tomonidan ishlab chiqilgan. Dastlab Yozyovon tumanida sinovdan oʻtkazilgan koʻchma svetofor ijobiy samara berib, uning energiya tejamkorligi, istalgan yerga oʻrnatish imkoniyati mavjudligi har jihatdan maʼqullangan.

Bugungi kunda “aqllli svetofor”lar “Oltiariq-innovatsiya” korxonasi mutaxassislari tomonidan tayyorlanmoqda.