Sessiya ishida Oliy Majlis Senati aʼzolari, xalq deputatlari viloyat Kengashi deputatlari, viloyat sektorlari rahbarlari, viloyat hokimining tegishli oʻrinbosarlari, viloyatdagi huquq-tartibot idoralari hamda kun tartibiga kiritilgan masalaga aloqador davlat va jamoat tashkilotlari rahbarlari hamda ommaviy axborot vositalari vakillari qatnashdilar.
Sessiyani viloyat hokimi, Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi raisi Xayrullo Bozorov ochdi va olib bordi.
Kun tartibiga koʻra, dastlab sektorlar tomonidan 2020-yilda olib borilgan ishlar tahlil qilinib, 2021-yil uchun tayyorlangan “Yoʻl xaritalar”da belgilangan tadbirlar yigʻilish qatnashchilariga tanishtirildi.

Viloyatda “Temir daftar”ga kiritilgan ehtiyojmand oilalar bilan manzilli ishlash maqsadida birinchi oʻrinda shaharlar va tumanlardagi 76 ta sektorlarda (har bir sektorga 7 kishi) iqtisodiy kompleks xodimlaridan iborat (iqtisodiyot, moliya, soliq, bandlik, bank, prokuratura, IIB) ishchi guruhlar tuzilib, ularga 532 nafar xodimlar biriktirildi. Asosiy eʼtibor ehtiyojmand oilalarni daromad keltiradigan yoʻnalishlarda band qilish orqali “temir daftar”dan chiqarishga qaratilmoqda.
Belgilab berilgan yoʻnalishlarda ishlarni tashkil etilishi hisobiga bugungi kunga qadar “temir daftar”ga kiritilgan 43 ming 314 ta oilalarda istiqomat qiluvchi 27,8 ming nafar (64%) ehtiyojmand oilalar aʼzolarini bandligi taʼminlangani qayd etildi.

Deputatlar oʻzlari saylangan hududdagi mavjud muammolarni oʻrtaga tashladilar. 5-Bobur saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati E.Siddiqova saylov okrugi joylashgan hududdagi Yormazor MFY mavjud elektr tarmoqlarini rekonstruksiya qilish hamda Yormazor MFY Fargʻona shaharning chekka hududida joylashganligi sababli aholi extiyojlaridan kelib chiqib, savdo kompleksi uchun yer maydoni ajratish hamda tadbirkorlarni jalb etish kabi masalalarni aytib oʻtdi.
Shuningdek, 3-Oybek saylov okrugidan saylangan viloyat Kengashi deputati F.Mamadaliyeva Fargʻona shahar Afrosiyob MFY hududidagi “Moxlaroyim koʻchasiga tortilgan ichimlik suvi tarmogʻini ishga tushirish uchun suv nasosi bilan taʼminlash, 37-O.Mamadiyev saylov okrugidan viloyat Kengashi deputati X.Komilov viloyatning chegara hududida joylashgan Boʻrbonliq shaharchasi aholi tomorqalari hamda fermer hoʻjaliklarini sugʻorish maqsadida nasos stansiyasi loyihasini ishlab chiqish va ishga tushirish masalalarini sessiya ishida koʻtardilar.

Ushbu masalalar boʻyicha masʼullarga tez fursatlarda ijobiy hal etilishi va bu boʻyicha Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashiga axborot kiritish topshirigʻi berildi.
Shundan soʻng viloyat mahalliy byudjetining 2020-yilgi ijrosi va2021-yil boshiga shakllangan qoʻshimcha manbalardan maqsadli foydalanish haqida viloyat Moliya bosh boshqarmasi boshligʻi oʻrinbosari Gʻanijon Soliyevning axboroti tinglandi.
- Joylardagi masalalarni yechish uchun katta-katta mablagʻlar ajratilyapti. Mana shu mablagʻlarni maqsadli sarflanishini deputatlar sohalar boʻyicha nazorat qilishi kerak, - dedi viloyat hokimi, Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi raisi Xayrullo Bozorov.
Xalq deputatlari viloyat, tuman (shahar) Kengashlari deputatlari Oʻzbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar kengashi deputatining maqomi toʻgʻrisida”gi Qonuniga asosan sektorlar faoliyati yuzasidan deputatlik nazoratini oʻrnatilishi sessiyada alohida eʼtirof etildi.

Bunda, sektor rahbarlari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar (tadbirlar)ni monitoring qilgan holda oʻrganib borish natijalarini mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiyalari yigʻilishlari hamda Kengash sessiyalarida muhokama etib borish;
- sektor rahbarlarining faoliyatlari yuzasidan mahalliy Kengashlarning tegishli doimiy komissiyalari yigʻilishlari hamda Kengash sessiyalarida axborotlarini tinglab borish tavsiya etildi
Shuningdek, sessiya ishida viloyatda sudlar raislari tomonidan fuqarolar huquqlari va erkinliklarini, shuningdek, korxonalar, muassasalar va tashkilotlarning huquqlari va qonun bilan qoʻriqlanadigan manfaatlarini sud yoʻli bilan himoya qilish borasida 2020-yilda amalga oshirilgan ishlar hamda 2021-yilga belgilangan chora-tadbirlar ham koʻrib chiqildi.
Sessiyada koʻrilgan har bir masala yuzasidan ishtirokchilar tomonidan takliflar bildirilib, tegishli qarorlar qabul qilindi.
Shohsulton Toʻxtamatov,
Xalq deputatlari Fargʻona viloyati Kengashi kotibiyati matbuot kotibi.