Bu haqda Fargʻona viloyati hokimligi xabar berdi.
Qayd etilishicha, Xitoy texnologiyasi asosida qurilgan korxona bir soatda 35 kilogramm qora va koʻk koʻrinishga ega boʻlgan tut choylarini tayyorlab beradi.
Maʼlumotlarga koʻra ushbu yoʻnalishda umumiy qiymati 200 ming dollar boʻlgan investitsiya jalb etilib, 10 ta yangi ish oʻrinlari yaratilgan.
Viloyatda 4 ming gektarga yaqin tutzorlar mavjud boʻlib, bir gektar tutzorlardan oʻrta hisobda 50 tonnaga yaqin tut barglari yigʻib olinadi.
Shuningdek viloyatda xom ashyoni yigʻish, saralash yoʻnalishida kasanachilik xizmati ham yoʻlga qoʻyilgan.