Fargʻonada Xitoy paxta terish mashinalarini yigʻish loyihasi amalga oshiriladi

    Fargʻonada paxta terish mashinalarini yigʻish, texnikalarga servis xizmati koʻrsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun oʻquv markazi tashkil etish loyihasiga start berildi.

    Loyiha Xitoyning “Shandong Swan Cotton Industrial Machinery Stock Co. Ltd” kompaniyasi tomonidan amalga oshiriladi.

    Fargʻona shahridagi sobiq Mexanika zavodi hududiga joylashtiriladigan ushbu loyiha, texnikalarga servis xizmati koʻrsatish markazi hamda mexanizatorlar uchun oʻquv markazini ham oʻz ichiga olgani bilan ham yanada ahamiyatlidir.

    Ushbu paxta terish mashinalarini 20 foizlik dastlabki toʻlov bilan 10-yil muddatga lizing asosida xarid qilish imkoniyati mavjudligi, bunda paxta-toʻqimachilik klasterlari va fermer xoʻjaliklariga 15 foizlik subsidiya berilishi taʼkidlandi.