Markazni ochilish tadbirida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, viloyat sektorlari rahbarlari, xitoylik investorlar va tadbirkorlar, viloyat iqtisodiy-investitsion sohasi mutasaddilari ishtirok etdilar. 

Viloyatimizda investitsiya muhitini yanada takomillashtirish, xorijiy investorlarni har tomonlama qoʻllab-quvvatlash, davlat xizmatlari olishlarini qulaylashtirish, investorlarga faoliyatining huquqiy, iqtisodiy va boshqa masalalari boʻyicha maslahatlar berish hamda ularga yuzaga keladigan masalalarni hal etishda zarur yordam va tezkor koʻmak koʻrsatish maqsadida Fargʻona viloyatiga investitsiya kiritish boʻyicha yetakchi davlatlarning tadbirkorlari uchun alohida qoʻllab-quvvatlash markazlari tashkil etishga kirishilgan boʻlib, bunday markazlarning birinchisi xitoylik tadbirkorlar uchun ish boshladi