“Fargʻona hududiy elektr tarmoqlari korxonasi” AJ hamda Fargʻona, Qoʻshtepa, Yozyovon tumanlari hokimliklari hamkorligida amaliy jarayonlar boshlandi.

Jumladan, dastlabki bosqichda Fargʻona tumani “Novkent” MFY hududidagi mavjud 426 ta xonadonning 108 tasiga quyosh panellarini oʻrnatish belgilangan.

Bundan tashqari, tumanning “Mindonobod” MFY hududida ham 862 ta xonadon mavjud boʻlib, shundan dastlabki bosqichda 290 ta xonadonga quyosh panellarini oʻrnatish rejalashtirilgan.

Natijada bu ikki hududda qariyb 82-85 foiz elektr energiyasi isteʼmolini tejashga erishiladi. Eʼtiborlisi, quyosh panellari oʻrnatilgan xonadonlarga soliq imtiyozlari berilishi ham koʻzda tutilgan.

Amaliy ishlar bilan bir qatorda bugungi kunda viloyatimiz boʻylab aholi va ijtimoiy soha obyektlarida qayta tiklanuvchi energiya manbalaridan keng foydalanishlari boʻyicha tushuntirish-targʻibot tadbirlari olib borilmoqda, deb xabar beryapti “Fargʻona HETK” AJ axborot xizmati.