Viloyat hokimi yaponiyalik ishbilarmonlar delegatsiyasini qabul qildi.

Fargʻona shahrida qad rostlayotgan Ekoshahar hududida 1 gektar maydonda zamonaviy Yapon tibbiyot va sogʻlomlashtirish shaharchasi barpo etish boʻyicha qiymati 8,72 mln. dollar boʻlgan loyihani amalga oshirishga kirishayotgan NAGAI Clinic kompaniyasi rahbari Koji Nagai bilan muloqotda loyihaning amaliy bosqichlari muhokama qilindi. 

Ushbu tibbiyot va sogʻlomlashtirish shaharchasi Yaponiyaning “Micado Development” kompaniyasi tomonidan “Ekoshahar” da 3 gektar maydonda barpo etishga kirishilayotgan qiymati 15 mln. dollarlik “Shogun city” yapon bogʻi, mehmonxona, restoranlar majmuasi bilan uygʻunlik kasb etadi. Bugungi uchrashuvda kompaniya rahbari Okuda Takefumi bilan “Fergana Shogun” majmuasi qurilishi jarayonlariga tayyorgarlik holati ham koʻrib chiqildi.