Bu haqda viloyat Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xabar berdi.
Maʼlum qilinishicha, bugun, 10-oktyabr kuni soat 06:02 da “Yangi Boʻston” MFY hududidan oʻtuvchi A-373 Andijon–Toshkent yoʻnalishida harakatlanib ketayotgan “Volvo” rusumli furada yongʻin sodir boʻlgan.
Yongʻin oʻchirish ekipajlari voqea joyiga soat 06:22 da yetib kelgan. Yongʻin 06:23 da oʻrab olinib, 06:26 da toʻliq bartaraf etilgan. Hodisa oqibatida hech kim jabrlanmagan.
Qayd etilishicha, hozirda yongʻinning kelib chiqish sabablari va yetkazilgan moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.