Fargʻonada zamonaviy jahon standartlariga mos shifoxonalar qurilishi mumkin

    Shu yilning 21-oktyabr kuni Fargʻona viloyati hokimi “Clover Holding Kuwait” kompaniyasi bosh direktori Ali Mohamedni qabul qildi.

    Bu haqda viloyat hokimligi matbuot xizmati xabar berdi.

    Uchrashuvda farmatsevtika, tibbiyot sohalarida viloyatimizda amalga oshirilishi rejalashtirilayotgan istiqbolli loyihalar muhokama qilindi.

    Viloyat rahbari suhbat davomida Onkologiya, yurak qon-tomirlari va endokrinologiya muhim yoʻnalishlardan ekanligini qayd etib, ushbu yoʻnalishlarda zamonaviy jahon standartlariga mos shifoxonalar qurish zarurligi va bu boʻyicha hamkorlikni taklif qildi.

    Bu borada tibbiyot sohasida loyihalarda faol ishtirok etayotgan tadbirkorlar bilan hamkorlikda ishlash taklifi bildirildi. Bojxona, soliq imtiyozlari boʻyicha ham maʼlumot berildi.

    Yaqin kunlarda quvaytlik mutaxassislar guruhi viloyatimizga tashrif buyurib, bildirilgan takliflar boʻyicha oʻrganishlari va hamkorlikda yangi loyihalarga kirishilishiga kelishildi.