Ochilish marosimida viloyat hokimi Xayrullo Bozorov, investorlar, jamoatchilik vakillari ishtirok etdi.
Korxona eng zamonaviy va yuqori texnologiyalarga asoslangan boʻlib, loyiha qiymati 6 million dollarni tashkil etadi.
Zargarlik yoʻnalishida 300 ta yuqori daromadli ish oʻrni yaratish koʻzda tutilgan, hozirda 60 nafar aholi ishga qabul qilindi.
Turkiya va Ozarbayjonlik investorlar bilan hamkorlikda yillik umumiy qiymati 2,2 trillion soʻmlik 1,5 tonna zargarlik buyumlari tayyorlanadi.
Fargʻonada ishlab chiqarilayotgan mahsulotlar nafaqat mahalliy bozorda sotiladi, shuningdek, AQSH, Birlashgan Arab Amirliklari, Singapur, Turkiya va Xitoy kabi yirik bozorlarga ham eksport qilinadi.
Tadbir davomida ramziy lenta qirqilib, mehmonlar korxonadagi ish jarayonlari, mahsulotlar bilan yaqindan tanishdilar.