Fargʻonadagi avtobuslarda yoʻl haqi 3000 soʻm etib belgilandi

    Fargʻona viloyatida jamoat transportining yangi tabaqalashtirilgan narxlari belgilandi.

    Bu haqda viloyat hokimi Xayrulla Bozorovning qarori qabul qilindi.

    Qarorda viloyatdagi jamoat transportidan foydalanganlik uchun bir martalik toʻlov 3000 soʻm, kartadan toʻlanganda esa, 2400 soʻm etib belgilandi.

    Shuningdek, Fargʻona viloyatining shaharlarida, shahar yoʻlovchilar transportida yoʻlovchilar va bagaj tashish xizmatlarining cheklangan tarifi quyidagicha:

    • avtobuslarda bir nafar yoʻlovchi uchun yoʻl haqi — 3 ming soʻm;
    • jamoat transportida elektron shaklda toʻlangan toʻlov (transport kartasi, ATTO, bank kartalari) bir nafar yoʻlovchi uchun bir martalik ragʻbatlantiruvchi yoʻl haqi tarifi — 2 ming 400 soʻm;
    • yoʻnalishli taksi (mikroavtobus)larda bir nafar yoʻlovchi uchun — 4 ming soʻm etib belgilandi.