Farg‘onadagi noqonuniy holat Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda

    O‘zbekiston tumani "Qirqketmon" MFY hududida elektr tarmoqlari xodimlari tomonidan daraxtlar ruxsatsiz, noqonuniy kesilayotgan vaqtida ekoqo‘mita xodimlari tomonidan to‘xtatilib, qolgan daraxtlar saqlab qolingan.

    Qo‘mita matbuot xizmatining bildirishicha, 48 tup sosna, 9 tup shumtol va 30 tupdan ortiq mevali daraxtlar kesilishi natijasida 856 500 000 so‘m miqdorida tabiatga zazar yetkazilgan bo‘lib, to‘plangan hujjatlar chora ko‘rish uchun Farg‘ona viloyat prokuraturasiga yuborilibdi.

    "O‘zbekiston tumanida daraxtlar kesib tashlanganligi holati Bosh prokuratura tomonidan o‘rganilmoqda. Natijasi haqida xabar qilinadi" — deya mazkur idora matbuot kotibi Hayot Shamsutdinov ma’lum qildi.