Binoning 1-qavatida savdo markazi, koʻrgazmalar zali, 2-4-qavatlarida fast-fud shoxobchalari, savdo doʻkonlari, ofislar hamda konferensiyalar zali oʻrin oladi. Qolgan qavatlar esa apartament shaklidagi mehmonxona nomerlaridan iborat boʻladi. Avtomobillar uchun liftli yerosti avtoturargoh koʻzda tutilgan.
Loyihaning umumiy konsepsiyasini maʼqullagan viloyat hokimi ushbu loyihani amalga oshirish uchun tashabbuskorlarni aniqlash hamda salohiyatli kompaniyalar ishtirokida tender savdolarini tashkil etishni tezlashtirish boʻyicha masʼullarga koʻrsatma va topshiriqlar berdi.