Endilikda Dilafruz Microsoft kompaniyasining Oʻzbekistondagi yuzi sifatida faoliyat olib boradi va oʻzbekistonlik yoshlarni ITga jalb qilishga hissa qoʻshadi.
Ushbu dastur kompaniyaning yoshlarga moʻljallangan loyihasi boʻlib, u kompaniyaning butun dunyo boʻylab texnologiya sohasida bilimli, faol va intiluvchan yoshlarini saralab oladi.
Dilafruz yosh boʻlishiga qaramay IT sohasida juda koʻplab ishlarni amalga oshirib kelayotgan qizlardan. Ayni damda u maktab oʻquvchisi boʻlgani sababli turli kompaniyalarda frilanser sifatida faoliyat olib boradi.
“Ushbu loyihaga topshirishim ham, kirishim ham oson kechmadi, — deydi Dilafruz Joʻraboyeva. — Texnik tomondan bilimlarim yaxshi boʻlgani uchun meni nominatsiyaga qoʻyishdi. 1-yil davomida kompaniya tomonidan berilgan turli shartlar va topshiriqlarni aʼlo darajada bajarish talab etildi. Shulardan biri Sunʼiy intellekt texnologiyasi boʻyicha berilgan 30 ta moduldan iborat dars va topshiriqlar boʻldi.
Ayni damda Dilafruz Yandex uchun oʻqish va stajirovkaga topshirgan, sinovlardan yaxshi oʻtsa Yandexning katta loyihalariga qoʻshilish imkoniyatiga ham ega boʻladi.