Fargʼonaliklar “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida ipak qurti uchun zahira baza yaratishda peshqadamlik koʼrsatmoqda. Viloyatning Yozyovon, Qoʼshtepa tumanlarida yangi tutzorlar barpo qilish ishlari amalga oshirildi.
"O‘zbekipaksanoat" uyushmasi matbuot xizmati xabariga ko‘ra, Fargʼona, Furqat tumanlarida esa mavjud tutzorlar parvarishiga alohida eʼtibor qaratilib, agrotexnik tadbirlar oʼtkazib borilmoqda. Tut boquvchi xonadonlar bilan muntazam suhbatlar amalga oshirilib, ipak qurti boqish boʼyicha kerakli maslahatlar berildi.
Uchkoʼprik, Quva tumanlarida ishchiz aholini ish bilan taʼminlash maqsadida yangi ipak quti boquvchi xonadonlar bilan suhbatlar olib borilmoqda.
Shuningdek, viloyat pillakorlari yangi mavsumga qizgʼin tayyorlanmoqda. Viloyatning Yozyovon, Qoʼshtepa tumanlarida ipak qurti ozuqa bazasini rivojlantirish maqsadida pillachilik klasterlari tomonidan yangi tutzor barpo etildi.
Shuningdek, Buvayda, Qoʼshtepa, Oltiariq, Uchkoʼprik, Fargʼona tumanlarida mavjud qurtxonalarni va tutzorlarni mavsumga tayyorgarlik holati boʼyicha nazorat oʼtkazilib, ipak qurti boquvchi xonadonlarga tushuntirish ishlari olib borildi. Ularga mutaxassislar kerakli maslahatlar va tavsiyalarni aytib oʼtishdi.