Yillar davomida doimiy ekspluatatsiya jarayonlarida GESning koʻplab uskunalari jismonan va maʼnan eskirishi natijasida ishlab chiqarish quvvati pasaygan edi.

Prezidentimizning 2017-yil 2-maydagi “2017-2021-yillarda gidroenergetikani yanada rivojlantirish chora-tadbirlari dasturi toʻgʻrisida”gi 2947-son hamda Vazirlar Mahkamasining 2018-yil 18-oktyabrdagi “Farhod” gidroelektr stansiyasini modernizatsiya qilish toʻgʻrisida”gi 827-son qarorlariga asosan mazkur GESni modernizatsiya va qayta texnik jihozlash ishlari amalga oshirildi.

Ushbu modernizatsiya ishlari Rossiya Federatsiyasining “Silovыye mashinы” kompaniyasi bilan hamkorlikda amalga oshirildi va modernizatsiyadan soʻng GESning amaldagi quvvati 114 MVtdan 127 MVtga oshirildi, deb xabar beradi Energetika vazirligi matbuot xizmati.