Oʻrganish natijalariga koʻra, “Faringo forte” gigiyenik vosita boʻlib, “MENGARIS PHARMACEUTICAL” MCHJ korxonasi tomonidan ishlab chiqariladi.
Tadbirkor ushbu mahsulotni ishlab chiqarish uchun 2020-yilda qoʻmitadan ruxsatnoma, xududiy boʻlimidan sanitariya-epidemiologik xulosa va muvofiqlik organidan muvofiqlik sertikatlarini olib ishlab chiqarishni boshlagan.
“MENGARIS PHARMACEUTICAL” MCHJ ishlab chiqarayotgan mahsulotlari uchun olgan ruxsatnoma, sanitariya-gigiyenik xulosa va muvofiqlik sertifikatlarida korxona manzili Toshkent viloyati Zangiota tumani Xonobod QFY Nurli Hayot koʻchasi 85-uy koʻrsatilgan.
Biroq hozirgi kunda Toshkent shahar Yangiobod tumani Ohangrabo 1 manzilida faoliyat yuritmoqda va mahsulotlarni ushbu manzilda ishlab chiqarmoqda.
Tadbirkorga amaldagi qonunchilikka koʻra, korxona binosi yangi manzilga koʻchirilganda yangi ishlab chiqarish manziliga qayta ruxsatnoma olishi lozim ekani tushuntirildi.
MCHJ rahbari oʻz tashabbusi bilan yangi ishlab chiqarish manziliga ruxsat etishga oid xujjatlarni qayta rasmiylashtirgunga qadar faoliyatini vaqtinchalik toʻxtatdi.
Ijtimoiy tarmoqda muhokama boʻlgan video boʻyicha qoʻmita mutaxassislari tomonidan joyiga chiqib oʻrganilganda, tadbirkor haqiqatdan ham ushbu video “MENGARIS PHARMACEUTICAL” MCHJ korxonasiga tegishli boʻlib, bundan 2-yil oldin olingan video ekanligi va ushbu holat hozirda bartaraf etilganini maʼlum qilgan.