Delegatsiya tarkibida Polshaning ikki yirik farmatsevtika kompaniyasi – Adamed Pharma va Polpharma Group rahbarlari ham bor edi.
Polsha tomoni O‘zbekistonda qisqa vaqt ichida yaratilgan ishbilarmonlik muhitini yuqori baholadi. Bundan tashqari, Polsha tovarlarining O‘zbekiston bozoriga integratsiyalashuvi uchun muhim qadam bo‘lishi mumkin bo‘lgan sifat va xavfsizlik standartlarini uyg‘unlashtirish ahamiyatiga e'tibor qaratildi.
Mamlakatimizda farmatsevtika mahsulotlarini ishlab chiqarishni tashkil etish imkoniyatlari va yirik mintaqaviy bozorlarga imtiyozli chiqishning afzalliklari muhokama etildi.
Uchrashuv yakunlari bo‘yicha tomonlar o‘zaro manfaatli hamkorlikni yanada rivojlantirishga tayyor ekanliklarini bildirdilar va muhokama etilgan masala va tashabbuslar doirasida kelgusida hamkorlik qilish formatini ishlab chiqdilar, deb xabar beradi Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi matbuot xizmati.