Men ham Oʻzbekistonning London shahridagi elchixonasida tashkil etilgan saylov uchastkasiga oʻzimning konstitutsiyaviy huquqimdan foydalanish uchun keldim. Shuni alohida taʼkidlash kerakki, Prezident saylovining adolatli, ochiq va shaffof, pandemiya sharoitini hisobga olgan holda oʻtkazilishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan. Yurtimizdagi tengdoshlarimiz kabi biz xorijda tahsil olayotgan yoshlar ham yurtimiz kelajagi va farovonligi uchun ovoz beryapmiz.
Yurtimizning har bir fuqarosi hayotiga daxldor boʻlgan bunday siyosiy jarayonda faol ishtirok etish nafaqat huquqimiz, balki burchimizdir.
Shoxruxbek Tillaboyev,
London Brunel universiteti magistranti,
“El yurt umidi” jamgʻarmasi stipendianti.