Tantanali marosimdan soʻng boʻlib oʻtgan muloqot chogʻida diplomat Fransiya rahbariga Oʻzbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev nomidan samimiy salom va ezgu tilaklarni yetkazdi.
Emmanuel Makron oʻz navbatida, Oʻzbekiston rahbariga oʻz hurmati va minnatdorchiligini bildirib, ikki davlat oʻrtasidagi munosabatlar alohida ahamiyat kasb etishini taʼkidladi.
Fransiya yetakchisi Oʻzbekiston bilan ikki tomonlama hamkorlikni mustahkamlash muhim vazifa ekanini alohida taʼkidlab, elchining professional diplomatik mahorati mamlakatlarimiz oʻrtasidagi munosabatlarni yanada rivojlantirishga katta hissa qoʻshishiga ishonch bildirdi.
"Biz Oʻzbekiston bilan doʻstona aloqalarni mustahkamlashga katta ahamiyat qaratamiz va barcha sohalarda hamkorlikni yanada kengaytirishga tayyormiz", dedi u.