Farzandi gul soʻragani uchun uni haqoratlab, urishgan ona reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirildi

    Ijtimoiy hayot 24 Noyabr 2023 1065

    Ijtimoiy himoya milliy agentligi tarmoqlarda tarqalgan — voyaga yetmagan farzandi gul doʻkonidan gul soʻragan vaqtida uni haqoratlab, urishib, doʻkondan olib chiqqan ona aks etgan video yuzasidan munosabat bildirdi.

    Maʼlum qilinishicha, oʻrganishlar davomida ona V.A. turmush oʻrtogʻi bilan birga yashamasligi, doimiy ish joyiga ega emasligi aniqlangan.

    Hozirda fuqaro V.A ayollarni reabilitatsiya va moslashtirish markaziga joylashtirilgan, qizi V.I esa Voyaga yetmaganlarga ijtimoiy-huquqiy yordam koʻrsatish markaziga joylashtirilib, psixolog va pedagoglar tomonidan uning ruhiy holatini yaxshilash yuzasidan ishlar amalga oshirilmoqda.

    Holat yuzasidan Ijtimoiy himoya milliy agentligi Toshkent shahar boshqarmasi tomonidan ishchi guruh tuzilib va “Ijtimoiy ish” ochilgan boʻlib, oilaning ogʻir vaziyatga tushganlik sabablari toʻliq oʻrganiladi va bolani maktabda taʼlim olishi yuzasidan amaliy yordam berish ishlari olib boriladi.