Aniqlanishicha, insoniylikka mutlaqo zid mazkur jinoiy harakatlar Jizzax shahrida yashovchi, bolaning otasi deb aytilayotgan shaxs A.B. tomonidan farzandiga muttasil ravishda sodir etilgan.

Mazkur holat yuzasidan bolaning onasi IIBga murojaat etdi. A.B.ga 2023-yil 20-dekabr kuni JKning 110 (Qiynash), 112 (Oʻldirish yoki zoʻrlik ishlatish bilan qoʻrqitish) va boshqa moddalari bilan jinoyat ishi qoʻzgʻatildi.

Hozirda jinoyat ishi boʻyicha tergov harakatlari olib borilmoqda, deya xabar bermoqda Bolalar ombudsmani.