Afsuski, Eshboyevlar oilasida ham shu holat yuz berdi va oxir-oqibat oila buzildi. Oʻrtadagi 2 nafar farzand esa goh onanikida, goh otanikida sarson.

Soʻnggi marotaba 2024-yilning avgust oyida bobosining kasalligi sabab, koʻrish uchun otasi tomonidan olib ketilgan bolalar 2025-yil yanvar oyi keldi hamki onaga qaytarib berilmadi.

Qancha harakatlar besamar ketgach, fuqaro S.Boboyeva fuqarolik ishlari boʻyicha Chiroqchi tumanlararo sudiga murojaat qilgan. Sud bolalarning ona parvarishiga muhtojligini inobatga olib, 16.12.2024-yilda daʼvoni qanoatlantirgan.

Majburiy ijro byurosi Koʻkdala tumani boʻlimi tomonidan 10 va 7 yoshli bolalarni onasi tarbiyasiga olib berish toʻgʻrisidagi ijro hujjati 17.12.2024-yilda kelib tushdi va ijro harakatlariga kirishildi.

Davlat ijrochisi tomonidan qarzdorga bolani onasiga ixtiyoriy ravishda topshirish toʻgʻrisida bir necha marotaba ogohlantirish berilgan boʻlsa-da, qarzdor ixtiyoriy muddat davomida farzandlarni onasiga topshirishdan bosh tortdi.

Natijada boʻlim xodimlari tomonidan joriy yilning 6-yanvar kuni tegishli idora vakillari va xolislar ishtirokida majburiy ijro harakatlari tayinlandi va bolalar onasi S.Boboyeva tarbiyasiga olib berildi.