Farzandlarni mehr bilan bagʻriga bosish — ularga boʻlgan eʼtibor hamda qoʻllab-quvvatlashning eng oddiy va samarali koʻrinishi hisoblanadi.
Psixologlarning taʼkidlashicha, bolalarni tabassum va mehr bilan quchoqlash oʻgʻil-qizlarning bolalik davrida muhim rol oʻynaydi. Boisi bu kabi mehr berish usullari shaxsning barkamol rivojlanishiga hissa qoʻshadi. Shu bilan birga ota-ona va farzand oʻrtasida cheksiz mehr-muhabbat rishtalarini mustahkamlaydi.
Shunday ekan, bugun barchangiz oʻz farzandingizni hech bir sabab izlamay, mehr bilan bagʻringizga bosing. Ayni shu daqiqalarni tarixga muhrlab, fotosuratlarni bizga izohlarda yoʻllang, deb yozmoqda Xalq taʼlimi vazirligi matbuot xizmati.