Ko'plab kasalliklar noto'g'ri ovqatlanish tufayli yuzaga kelishini yaxshi bilamiz. Masalan, jigar, o't qopi, oshqozon-ichak, qon-tomir, endokrin tizimi xastaliklari ko'pincha nosog'lom taomlanish asoratlari sifatida izohlanadi. Ammo xuddi shu omil miya xastaliklari, xususan, aqliy zaiflikni ham keltirib chiqarishi mumkin ekan. Avstraliyalik olimlar o'z tadqiqotlari yakunida shunday xulosaga kelishdi. Jumladan, dementsiya kasalligida miya to'qimalarining nobud bo'lishi kuzatiladi. Bu atsetilxolin moddasi etishmovchiligi tufayli yuz beradi. Oqibatda bunday bemorlarning 60 foizida Altsgeymer qayd etilib, xastalik vaqt o'tishi bilan kuchayib boraveradi. Avstraliyalik mutaxassislar zararli oziq-ovqatlardan butunlay voz kechish ana shunday holatlar xavfini sezilarli darajada kamaytiradi, degan fikrda. Chunki ba'zi taomlar tarkibidagi to'yingan yog'lar va transyog'lar dementsiya rivojlanishini tezlashtiradi. Yog'li sut mahsulotlari, jumladan, sariyog', shuningdek, shokolad, go'sht, pal`ma va kokos moylari shular sirasidan. Transyog'lar, ayniqsa, hozirgi kun iborasi bilan aytganda, fastfudlar, qizarib pishgan ovqatlar va gazaklar, do'konda xarid qilingan pishiriqlar, xususan, tort va pechen`e tarkibida ko'p uchraydi. Tadqiqotga ko'ra, yuqoridagi oziq-ovqatlarni iste'mol qiladigan odamlarda aqliy zaiflik va miya xasaliklariga chalinish xavfi ancha yuqori. Parhezga amal qiluvchi, ya'ni to'yinmagan yog'lar iste'molidan tiyiladigan kishilarda esa kognitiv buzilishlarning rivojlanish xavfi kamroq. Bu faktlar ko'cha-ko'yda lavash, gamburger, xot-dog kabi tezpishar taomlarni ko'rsa, og'zining tanobi qochadigan, shirinliklarga mukkkasidan ketgan yoshlarimiz, ishdan keliboq yog'likkina, sergo'sht ovqatlarni paqqos tushiradigan yurtdoshlarimiz uchun bir saboq bo'lsa ajab emas,deb ogohlantiradi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.
“Fastfud”lar miya xastaliklariga sabab bo'lishi mumkin(mi?)
Tadqiqotga ko'ra, yuqoridagi oziq-ovqatlarni iste'mol qiladigan odamlarda aqliy zaiflik va miya xasaliklariga chalinish xavfi ancha yuqori. Parhezga amal qiluvchi, ya'ni to'yinmagan yog'lar iste'molidan tiyiladigan kishilarda esa kognitiv buzilishlarning rivojlanish xavfi kamroq.
Tahlilga qon topshirishda doim ham och bo‘lish shart emas
- Hafta oxiriga kelib, havo biroz salqinlashadi
- Oʻzbekiston erkaklar va ayollar o‘rtasidagi 2027 yilgi Jahon kubogiga yo‘llanma oldi
- Saida Mirziyoyeva: AQSh Davlat kotibining ilk tashrifi Samarqandda o‘tayotgani ramziy ma’noga ega
- Oʻzbekiston va AQSh kengaytirilgan strategik sheriklik muloqotini boshladi
- Google Pay xizmati O‘zbekistonda ishga tushirildi
2027-yilda qaysi mahallalardagi hujjatsiz uy-joylar xatlovdan oʻtkaziladi?
- Mudofaa vaziri etib tayinlangan Botir Qudratxo‘jayevni kuzatish marosimi o‘tkazildi
- Bolalarga nisbatan zo‘ravonlik uchun javobgarlik keskin kuchaytiriladi
- O‘qituvchi va murabbiylar kuni munosabati bilan ta’lim-tarbiya tizimida alohida o‘rnak ko‘rsatgan xodimlardan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida
- Davlatimiz rahbari taʼlimdagi islohotlar natijalari va zamonaviy ilmiy infratuzilma bilan tanishdi
- Oʻzbekiston Prezidenti “Lukoyl” kompaniyasi tomonidan amalga oshirilayotgan loyihalarning borishi bilan tanishdi