“Fatvo markazi tomonidan “kriptovalyutalar savdosi joizmi?” degan mavzuda savol-javob loyihasi texnik sabablarga ko'ra, ehtiyotsizlik oqibatida ijtimoiy tarmoqlarda e'lon qilinganini ma'lum qilamiz”, – deyiladi xabarda.
Qayd etilishicha, fatvo markazi direktori Shayx Nuriddin Xoliqnazar hazratlari va u kishining o'rinbosarlari muborak haj safarida. Mazkur fatvo loyihasi atrofidagi ilmiy-tadqiqot ishlari hali nihoyasiga etmagan. Shuningdek, zamonaviy masalalarni keng qamrovli o'rganish ishlari olib borilmoqda.
Fatvo markazi kuzatuvchilardan uzr so'ragan holda ushbu fatvo ustidagi ilmiy tadqiqotlarni nihoyasiga etkazib, qayta e'lon qilinishini ma'lum qildi.