Maʼlum qilinishicha, ushbu hududdan oʻtib ketayotgan yoʻlovchi holatni payqab, zudlik bilan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar boshqarmasiga murojaat qilgan.

Xabar asosida FVB gʻavvos-qutqaruvchilari qisqa vaqt ichida voqea joyiga yetib borib, fuqaroni suvdan olib chiqqan. Qutqaruvchilar tomonidan jabrlanuvchiga darhol birinchi tibbiy yordam koʻrsatilib, uning hayoti saqlab qolindi.

Shundan soʻng fuqaro tez tibbiy yordam brigadasiga topshirildi.

Mutasaddilar suv havzalari yaqinida ehtiyotkorlik qoidalariga qatʼiy rioya qilishni soʻramoqda.