Favqulodda vaziyatlar vazirligida bir qator tayinlovlar amalga oshirildi

    Mamlakatimizda 2 May 2023 1264

    Bu borada O'zbekiston Respublikasi Prezidentining tegishli qarori imzolangan.

    Polkovnik Zuparov Sanjar Taxirovich O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining birinchi o'rinbosari – Shtab boshlig'i lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirligi Bosh boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.

    Polkovnik Muxitdinov Muxtar Yashnarovich O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar O'zbekiston Respublikasi Mahalla va nuroniylarni qo'llab-quvvatlash vazirining o'rinbosari lavozimida ishlab kelgan.

    Alibaev Xurshid Narkazakovich O'zbekiston Respublikasi Favqulodda vaziyatlar vazirining o'rinbosari lavozimiga tayinlandi.

    Tayinlovga qadar Toshkent viloyati Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi boshlig'i lavozimida ishlab kelgan.