Fargʻona davlat universitetining oʻzbek tilshunosligi kafedrasi professori, tilshunos olima — Iskandarova Sharifa Madaliyevna Oʻzbekiston Respublikasi mustaqilligining oʻttiz yilligi arafasida Prezidentimiz tomonidan fan, talim, sogʻliqni saqlash, sport, adabiyot, madaniyat, sanat sohalarida fidoyilik koʻrsatayotgan bir guruh yurtdoshlarimiz orasida “Oʻzbekiston Respublikasida xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi” faxriy unvoniga munosib deb topildi.

Sharifa Iskandarova kabi ilmsevar olima ayollarimizni har qancha eʼzozlasak, qadrlasak, ehtirom koʻrsatsak arziydi. Zero, ular munosiblar ichra munosib va oʻzlari taratayotgan ziyo kabi bebahodir.