Kutilmagan holatlarda: tizimning noto‘g‘ri yangilanishlari va qurilmalarning ishdan chiqishi sabab kutilmagan vaziyatlarga tushib qolishingiz mumkin. Shunda siz uchun muhim bo‘lgan fotosuratlar yoki hujjatlarni faqat birgina qurilmada saqlashingiz sababli, ushbu ma’lumotlarni yo‘qotib qo‘yishingiz ehtimoli katta.
Ortiqcha to‘lovlar to‘lamaslik uchun: viruslar va zararli dasturlar qurilmadagi fayllarni shifrlab va ularga kirish huquqini qaytarish uchun to‘lovni talab qilishi mumkin. Agar Sizning zaxira fayllaringiz mavjud bo‘lsa uni qiynalmasdan tiklashingiz mumkin bo‘ladi.
Disk maydonini bo‘shatish uchun: ko‘proq joy bo‘shatish uchun ba’zi muhim fotosuratlar yoki hujjatlarning nusxalarini zaxira ko‘chirish va uni istalgan vaqt qayta yuklab olish juda qulaydir.